“Роскачество” mutaxassislari oktabr oyining eng yaxshi smartfonlar reytingiga sakkizta modelni qo‘shdi. Ular orasida – “Apple”ning yangi mahsulotlari - “iPhone 13” va uning “Pro” va “Pro Max” modellari eng oldingi o‘rinlarni olgan.
Tahlillarga ko‘ra, “iPhone 13”, “iPhone 13 Pro” va “iPhone 13 Pro Max” ishonchliligi bilan sifatli smartfonlarning top 15 talik reytingiga kirgan.
“iPhone 13” hamda oldingi avlod modellari o‘rtasida dizayn va ko‘plab texnik xususiyatlardagi farq juda ham katta emas, lekin yangi mahsulotda bir qancha yoqimli yangiliklar mavjud”, — deydi “Роскачество” mutaxassislari.
Shuningdek, mutaxassislar “iPhone 13 Pro Max”ni bozordagi eng yaxshi smartfon deb atashgan. Ayni vaqtda “Apple” ning eng qimmat smatfon modeli bo‘lib turgan mazkur mobil qurilma eng kuchli 5 likka ham kiritilgan. Mazkur beshlikda “Sony Xperia 5 II”, “Samsung Galaxy S10+”, “iPhone 13 Pro” smartfonlari ham bor.
“iPhone 12 Pro Max”ga nisbatan eng katta yaxshilanish, bu batareya quvvati va batareyaning ishlash muddatining oshganidir”, — deyiladi hisobotda.
Maʼlumot uchun, sentabr oyida “Роскачество” mutaxassislari eng yaxshi arzon smartfonlarni sanab o‘tgan. Mazkur reytingning yuqori o‘rinlarida “Xiaomi Redmi Note 10s”, “Samsung Galaxy M32”, “Samsung Galaxy A12”, “TCL 20L” va “Realme Narzo 30 5G” joy olgan.
Bundan avval “iPhone 13” rekord hajmdagi doimiy xotira bilan taʼminlangani, “Apple” mazkur modellarini ishlab chiqarishni qisqartirishi hamda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik bilan “iPhone 13” olish uchun qancha vaqt ketishi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev


