1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya bosh vaziri Xitoyga boradi

Tashrif davomida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik masalasi muhokama qilinadi.

Rossiya bosh vaziri Xitoyga boradi

 

"Xitoy va Rossiya o‘rtasidagi hamkorlik kuchli va katta salohiyatga ega", — dedi Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning Xitoyga tashrifi arafasida.

 

 

Uning qayd etishicha, Mishustinning Xitoyga tashrifi davomida tomonlar «amaliy hamkorlik mavzusi va tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan chuqur fikr almashishadi».

 

Van Venbinning qo‘shimcha qilishicha, Pekin Rossiya bosh vazirining Xitoyga tashrifi «jahon iqtisodiyotining tiklanishiga kuchli turtki berishiga» umid qilmoqda.

 

Avvalroq Rossiya hukumati matbuot xizmati Mishustin 23-24 may kunlari Pekin va Shanxayga tashrif buyurishini maʼlum qilgandi. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan muzokaralarda u sanoat, energetika, transport va qishloq xo‘jaligi sohalarida hamkorlikni muhokama qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика