Rossiya Finlyandiyaning NATOga aʼzolik harakatlariga hech qanday munosabat bildirmadi. Bu haqda Finlyandiya xavfsizlik politsiyachi rahbari Antti Pelttari Financial Times gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
U bu holatni “hayratlanarli” deb atagan.
“Hech narsa sodir bo‘lmayotgani yaxshi. Umid qilamizki, keyinchalik ham shunday bo‘ladi”, – degan Pelttari.
Shu bilan birga amaldor Moskvadan qanday reaksiya kutganini ochiqlamagan.
Maʼlumot o‘rnida: Finlyandiya va Shvetsiya uzoq yillar davomida harbiy neytralitetni saqlab kelgan. Ammo Ukrainadagi vaziyat fonida bu ikki davlat NATOga aʼzo bo‘lish istagini bildirdi. 18 may kuni ular alyansga aʼzolik arizasini topshirdi.


