1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiya nefti ortilgan tanker Germaniya qirg‘oqlari yaqinida suzib yuribdi

Uning bortida 99 ming tonnaga yaqin neft mavjud.

Rossiya nefti ortilgan tanker Germaniya qirg‘oqlari yaqinida suzib yuribdi

 

Boshqaruvni yo‘qotgan Rossiya nefti yuklangan tanker Boltiq dengizidagi Ryugen orolining shimolida suzib yuribdi. Voqea joyida ish olib borayotgan Dengiz avariya-qutqaruv xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, tanker bortida 99 ming tonnaga yaqin neft mavjud. Bu haqida "Bild" nashri xabar bermoqda.

 

Unda aytilishicha, gap Panama bayrog‘i ostida suzayotgan "Eventin" tankeri haqida ketmoqda. 248 metr uzunlikdagi kema Rossiyaning Ust-Luga portida neft yuklagan va 6 yanvar kuni yo‘lga chiqqan. Oxirgi manzil sifatida Misrdagi Port-Said ko‘rsatilgan.

 

"Eventin" tankeri 18 yoshda va u Rossiyaning soya floti deb ataladigan qismiga kiradi. Rossiya bu flot yordamida Ukrainadagi urush tufayli kiritilgan Gʻarb sanksiyalarini chetlab o‘tmoqda," - deb ta’kidlagan nashr.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика