Rossiya Ukrainadagi harbiy harakatlar tufayli Suriyadagi kuchlarini qisqartirgani yo‘q. Bu haqda RF prezidentining Suriya bo‘yicha maxsus vakili Aleksandr Lavrentyev maʼlum qildi.
“Yo‘q, u qisqarmagan. Agarda kimdir shaxsiy tarkib soni kamaygan deb hisoblasa, shuni maʼlum qilamanki, bu amalga oshirilmadi — bu yerda joylashtirilgan texnika, havo hujumiga qarshi tizimlar va radioelektron kurash moslamalari joyida turibdi. Bu aviatsiyaga ham taalluqli, hech qanday o‘zgarish bo‘lgani yo‘q”, — degan u.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, faqatgina kadrlar rotatsiyasi amalga oshirilmoqda.
Avvalroq Suriya shimolida ISHID rahbarlaridan biri qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


