Pentagon rasmiy vakili Rossiya shu vaqtgacha Ukraina urushiga qancha pul sarflagani haqida ma’lumot berdi.
Ma'lumotga ko‘ra Rossiya 2022-yil fevral oyida boshlangan Ukraina urushiga 211 milliard dollar sarflagan. Pentagon vakili shuningdek, iqtisodiy o‘sishdan mahrum bo‘lgani va sanksiyalar nuqtai nazaridan, Ukraina mojarosi Rossiyaga 1,3 trillion dollarga tushganini da’vo qilmoqda.
O‘tgan yilning noyabr oyida Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov 2024-yilda mamlakat mudofaa qobiliyatini ta’minlashga sarflanadigan umumiy xarajatlar deyarli 11 trillion rublni tashkil etishini aytgan edi. Shuningdek, u davlatning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash va "maxsus operatsiya" (Rossiya rasmiylari Ukraina urushini shunday nomlaydi) ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash asosiy vazifa ekanini ta’kidladi.


