Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik ayol uyiga mehmon bo‘lib kelgan hamyurtini pichoqladi. Bu haqda “Gazeta.SPB” xabar berdi.
9-aprel kuni kechqurun 44 yoshli gumonlanuvchi istiqomat qiluvchi xonadonida sodir bo‘lgan. Spirtli ichimliklarni iste'mol qilganidan so'ng, ayol va uning 45 yoshli mehmoni o'rtasida janjal kelib chiqqan, bu vaqtda ayol unga pichoq bilan bir necha marta jarohat yetkazgan.
Guvohlar qonga belangan erkakni payqab, tez yordam chaqirishgan. Bo‘yin, qo‘l, oyoq va dumba qismidagi jarohatlar bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yetkazilgan. Gumonlanuvchi 11-aprel qo‘lga olingan va vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o’tamiz, avvalroq Moskvada o‘zbekistonlik va tojikistonlik migrantlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz bergani ma’lum qilingandi.


