1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak mahalliy fuqaroga pichoq bilan tahdid qildi

Rossiyaning Vladivostok shahrida mahalliy fuqaroga pichoq bilan tahdid qilib, rossiyaliklardan nafratlanishini aytgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olindi.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak mahalliy fuqaroga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, voqea Vladivostokning Pervorechensk tumanida sodir bo‘lgan, o‘zbekistonlik erkak 33 yoshli mahalliy fuqaroga kechasi avtoturargoh yonida tahdid qilgan.

«33 yoshli mahalliy fuqaro yoniga mashinalar to‘xtash joyida mast erkak kelib, haqorat qila boshlagan, shuningdek, Rossiya fuqarolaridan nafratlanishini ham aytgan. Shu bilan birga, chet el fuqarosi unga pichoq ko‘rsatib, zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan. Qo‘rqib ketgan jabrlanuvchi voqea joyidan qochib, politsiyaga murojaat qilgan», — deyiladi xabarda.

Politsiyaning bildirishicha, jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan o‘zbekistonlik 30 yoshli erkak kafelardan biriga ishga kirmoqchi bo‘lganida ushlangan bo‘lib, unga nisbatan «Zo‘ravonlik tahdidi bilan, ommaviy ravishda sodir etilgan, nafrat va adovatni qo‘zg‘atish, shuningdek, irqi, millati bo‘yicha inson qadr-qimmatini kamsitishga qaratilgan harakatlar» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi 6 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика