1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada WhatsApp va Telegram bloklanmoqda

Putin hukumatga 1-sentyabrgacha xorijiy aloqa xizmatlarini cheklash bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi.

Rossiyada WhatsApp va Telegram bloklanmoqda

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga mamlakatda “nodo‘stona” deb e’lon qilingan xorijiy davlatlar ishlab chiqqan dasturiy ta’minotdan, jumladan messenjerlar, videoqo‘ng‘iroq xizmatlari va boshqa aloqa platformalaridan foydalanishga qo‘shimcha cheklovlar kiritish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. Ushbu takliflar 2025-yil 1-sentyabrgacha tayyor bo‘lishi kerakligi Kreml saytida e’lon qilindi.


Cheklovlar ro‘yxatiga WhatsApp, Telegram kabi ommabop messenjerlar kirishi ehtimoli bor. Putin bu topshiriqni 26-may kuni rossiyalik ishbilarmonlar bilan uchrashuvdan so‘ng bergan. U uchrashuvda Zoom va Microsoft kabi xorijiy xizmatlar Rossiya IT bozorida qolib, mahalliy texnologik rivojlanishga to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab, “biz ularni bo‘g‘ib qo‘yishimiz kerak” degan edi.


Rossiya raqamli rivojlanish vaziri Maqsut Shadayev ham xorijiy internet xizmatlarini bosqichma-bosqich cheklash rejalashtirilayotganini bildirdi. Vazirga ko‘ra, mahalliy analoglar mavjud bo‘lgan xizmatlar ustuvor qo‘llab-quvvatlanadi va cheklovlar asosan korporativ aloqa platformalariga qaratiladi.


Hozircha aniq qaysi xizmatlar bloklanishi ochiqlanmagan bo‘lsa-da, ekspertlar bunday chora Rossiya ichida internet erkinligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytmoqda. Ayrim tahlilchilar bu siyosat mahalliy ilovalarni rivojlantirishga yordam berishi mumkinligini, ammo foydalanuvchilar tanlov imkoniyatini keskin kamaytirishini ta’kidlamoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика