Rossiyaning Vnukovo aeroporti ustidagi havo hududi yopildi, bir qator reyslar qoldirildi.
Havo bandargohi matbuot xizmati aeroport qo‘nish va jo‘nash uchun yopiqligini, samolyotlarning bir qismi boshqa aeroportlarga yo‘naltirilganini tasdiqladi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, osmonda shubhali samolyotlar tufayli Carpet rejasi eʼlon qilingan. Hozircha Domodedovo va Sheremetova muqobil aeroportlardir.


