Rossiyalik propagandist Vladimir Soloyovning Markaziy Osiyo va Armanistonda "maxsus harbiy operatsiya" o‘tkazish zarurligi haqidagi bayonotidan so‘ng Rossiyaning Armanistondagi elchisi Armaniston TIV chaqirtirildi. Bu haqda "Factor TV" xabar qildi.
"Unga norozilik notasi topshirildi, unda davlat telekompaniyasi tarkibiga kiruvchi dastur efirida yangragan bayonotlar munosabati bilan chuqur g‘azab va norozilik ifodalangan. Shuningdek, mazkur bayonotlar Armaniston Respublikasi suverenitetiga qarshi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tajovuz, dushmanona xatti-harakat sifatida baholanib, Armaniston va Rossiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning asosiy tamoyillarini qo‘pol ravishda buzishi ta’kidlangan", – deyiladi xabarda.
Solovyovning chiqishlar Armaniston ijtimoiy tarmoqlarida ham katta muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Xususan, Armaniston Televizion va radioeshittirish komissiyasi raisi Tigran Hakobyan uni Armaniston Respublikasining "Faxr ordeni" dan mahrum qilishni taklif qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Solovyovning chiqishlari va unga qarshi o‘zbek faollarining chiqishlarini bir joyga jamlagan edik. Videoni Zamon.uz’ning YouTube sahifasida tamosha qiling.


