1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada 12 yoshli o‘smir otasining gapi bilan shifokorni pichoqladi

Hozirda bolaning aqli rasoligi bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.

Rossiyada 12 yoshli o‘smir otasining gapi bilan shifokorni pichoqladi

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ota o‘z o‘g‘lini yuqori harorat bilan shifokor ko‘rigiga olib kelgan. Shifokor otaning qo‘liga topshirish kerak bo‘lgan bir necha tahlillar ro‘yxatini tutqazib, topshirish kerakligini aytgan. Otaning jahli chiqib, o‘z noroziligini shifokorga bildirgan. Ammo shifokor unga tahlillar kerakligini talab qilishda davom etgan. Shunda ota o‘z o‘g‘lining qo‘liga pichoq tutqazib shifokorga sanchishni buyurgan. Itoatkor o‘g‘il otaning buyrug‘iga bo‘ysunib shifokorning duch kelgan joyiga pichoq sanchgan. Shifokorning ovozidan o‘z vaqtida shifoxonaning qo‘riqlash bo‘limiga yetib kelgan va bolaning qo‘lidan pichoqni tortib olgan.

 

Shifokor 3 ta pichoq sanchig‘idan yuzaga kelgan bel va qorin jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

 

Surishtiruv davomida bolaning otasi avval sudlangan ekinligi aniqlangan. Unga nisbatan qotillikka urinish bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Moskvada 18 yoshli qiz bobosini hamda voyaga yetmagan shaxs uch tengdoshini pichoqlagani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика