1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi

Uchrashuvda sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Saida Mirziyoyeva animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva yetakchi animatsiya studiyalari vakillari bilan uchrashib, bolalar uchun milliy kontent yaratish masalalarini muhokama qildi. U farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning katta qismi chet el mahsulotlari ekanini ta’kidlab, “Donocha” kabi mahalliy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash zarurligini bildirdi.


Uchrashuv davomida animatsiya sohasi vakillari o‘z loyihalari, duch kelayotgan muammolar hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar. Saida Mirziyoyeva bolalar uchun o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarga asoslangan multfilmlar va ta’limiy kontentlar yetishmasligini aytib, bu yo‘nalishni yanada rivojlantirish kerakligini qayd etdi.


Shuningdek, Mirziyoyeva yaqinda Respublika bolalar kutubxonasiga tashrif buyurgani haqida ham so‘z yuritdi. U kutubxonada tarixiy devoriy suratlar topilganini, bu yerda zamonaviy muhit bilan tarixiy ruh uyg‘unlashganini ta’kidladi.

 

“Kutubxonamiz eshiklari barcha kitobsevarlar uchun ochiq”, — deya yozadi prezident yordamchisi o‘z sahifasida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика