1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Saida Mirziyoyeva Dubay Amirligi valiahdi bilan uchrashdi

Muloqotda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Dubay Amirligi valiahdi bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri, Dubay Amirligi valiahdi Shayx Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 

Muloqot davomida turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

 

“Ishonamanki, yuqori darajadagi forum doirasida o‘tkazilgan bu uchrashuv O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi yaqin va do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, deb yozdi Mirziyoyeva o‘z telegram kanalida. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика