1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Uchrashuvda gumanitar aloqalar va qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.

Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi bilan uchrashdi

Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston davlat maslahatchisi Yerlan Karin bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

 

Muloqot davomida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi munosabatlar qardosh xalqlar farovonligi yo‘lida izchil mustahkamlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar madaniyat, fan va ma’rifat sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, shuningdek yangi tashabbuslarni ilgari surish istiqbollarini muhokama qilishdi.

 

Saida Mirziyoyeva o‘zi ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotida uchrashuvning samarali va foydali bo‘lganini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика