
Qayd etilishicha, viloyatning Jomboy tumanida yashovchi fuqarolar — T.E. va N.D. Samarqand suv xo‘jaligiga qarashli 16 sotix yerni fuqaro Sh.B.ga noqonuniy ravishda rasmiylashtirib berishni va’da qilib, evaziga 33 ming 200 dollar so‘ragan.
DXX va IIB hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer sotuvchilar fuqarodan kelishilgan pulning 7 ming dollarini olayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda aniqlangan holat yuzasidan Jomboy tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


