1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Samarqandda 3 ta tarixiy masjid buzib tashlandi

Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand viloyatidagi XIX – XX asrlarga oid 3 ta tarixiy masjid binolari buzib tashlanganligi hamda 1 tasi tegishli ruxsatsiz ta’mirlanganligi oqibatida yodgorliklarga jami 46,8 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi.

 

Xususan, Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Kushoq ota” masjidi buzilib, yodgorlikka 19,6 mlrd, Urgutdagi “Ahmad Yassaviy” va “Hoji O‘rinboy” masjidlari buzilib, yodgorliklarga 17 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Shuningdek, Samarqand tumanidagi “Kulba” arxitektura yodgorligi ruxsatsiz ta’mirlanganligi natijasida 10,2 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.

 

Aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика