1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda avtomashinalar to‘qnashuvi sabab yo‘lovchi vafot etdi

YHXB hodisa tafsilotlarini maʼlum qildi.

Samarqandda avtomashinalar to‘qnashuvi sabab yo‘lovchi vafot etdi

 

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 28-sentyabr kuni odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar qildi.

 

Avtohalokat tungi soat 22:30 larda Nurobod tumani hududidan o‘tuvchi A-378 avtomobil yo‘lining 40-kilometrida yuz bergan. Neksiya rusumli avtomashina haydovchisi tezlikni meʼyordan oshirib harakatlanishi natijasida o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Damas rusumli transport votsitasining orqa qismida borib urilgan. Shundan so‘ng Damas yo‘lning o‘ng tarafiga ag‘darilib ketgan.

 

YTH oqibatida Damas ichida bo‘lgan 1 nafar yo‘lovchi tan jarohatlari olib, vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика