1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi

Ayni vaqtda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda giyohvandlik moddasini sotayotgan shaxslar ushlandi

 

IIB xodimlari tomonidan Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs gashish giyohvand moddasining har bir grammini 135-140 ming so‘mdan sotayotgani haqida axborot olingan va tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Samarqand viloyatida giyohvandlik moddasini shartli xaridorga sotmoqchi bo‘lgan ikki nafar shaxs ushlangan. Bu haqida viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, 2024-yil 23-avgust kuni Samarqand viloyati IIB va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda Jomboy va Urgut tumanida yashovchi ikki nafar shaxs shartli xaridorga 700 gramm 10 ming dollarga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Qayd etilishicha, holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика