1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda kelin sepini MIB orqali qaytarib oldi

Kelin-kuyov bor-yo‘g‘i 5 kun birga yashagan.

Samarqandda kelin sepini MIB orqali qaytarib oldi

Samarqand viloyatida 5 kunlik kelin kuyovning uyidagi sepini Majburiy ijro byurosi orqali qaytarib oldi.

 

Bildirilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Pastdarg‘om tuman sudining 2024 yil 26 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklarni natura shaklida olib berish to‘g‘risidagi hujjati byuroning Pastdarg‘om tuman bo‘lim ijro ish yurituviga kelib tushgan va shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, nusxalari tomonlarga yuborilgan.

 

“Ajrimda ko‘rsatilgan qarzdor M.X.dan undiruvchi B.B. foydasiga jami 20 turdagi mol-mulklar natura shaklida ruyxatga olinib, tegishli tartibda xolislar ishtirokida davlat ijrochisi tomonidan kelin seplari to‘liq muqaddam 5 kun yashagan kuyov xonadonidan tegishli dalolatnoma asosida olib berildi”, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика