1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Samarqandda maktab o‘quvchilari kaltaklandi

Direktor zo‘ravonlarga yordam bergani aytilmoqda.

Samarqandda maktab o‘quvchilari kaltaklandi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida joylashgan 83-sonli umumta’lim maktabida begona shaxslar tomonidan maktab o‘quvchilariga nisbatan zo‘ravonlik sodir etildi. Holat 29-aprel kuni ro‘y bergani, zo‘ravon shaxslar maktab direktori orqali o‘quvchi qizlarni tashqariga chiqarishga erishgani haqida xabarlar tarqaldi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, maktab direktori dars vaqtida 11-sinfda o‘qiydigan qizlarni maktab tashqarisiga chiqargan. Shu yerda ularni Samarqand shahrida yashovchi 18 yoshli fuqaro kaltaklagani aytilmoqda.

 

Rasmiylar ushbu holatga munosabat bildirishmagan bo‘lsa-da, Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgani tasdiqlandi. Qayd etilishicha, fuqaro O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (bezorilik) bilan ayblanmoqda.

 

Ma’lum qilinishicha, zo‘ravonlik oqibatida maktab o‘quvchilari turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика