1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Samarqandda MDH davlatlari xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkaziladi

Majlisda Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlar vakillari qatnashadi. Uchrashuvga DXX rahbari Bahodir Qurbonov raislik qiladi.

Samarqandda MDH davlatlari xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkaziladi

Samarqand shahrida MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘tkaziladi

 

Joriy yilning 17-oktabr kuni Samarqand shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va razvedka xizmatlari rahbarlarining 21-majlisi o‘z ishini boshlaydi.

 

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonning xavfsizlik organlari hamda razvedka xizmatlari rahbarlari ishtirok etadi.

 

Uchrashuvga O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbari general-polkovnik B. Qurbonov raislik qiladi.

 

Tadbirda ishtirokchilar zamonaviy xavf va tahdidlar yuzasidan fikr almashib, MDH davlatlari razvedka xizmatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha galdagi vazifalarni muhokama qiladilar.

 

Tadbir o‘tkaziladigan joy va kun tartibi 2024-yil 26-noyabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan 20-yubiley majlisda belgilab olingan edi.

 

Uchrashuv yakunida delegatsiyalar rahbarlari mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikning aniq vazifalari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oladilar.

 

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика