Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyat boshqarmasi tomonidan gaz taʼminoti korxonalari foydasiga chiqarilgan hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida tuman-shahar bo‘limlari ish yurituvida tabiiy gaz taʼminoti korxonalari foydasiga undiruv bilan bog‘liq jami 3 432 ta ijro hujjati mavjud bo‘lib, ularning umumiy qiymati 57,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
Ko‘rilgan taʼsirchan chora-tadbirlar natijasida ushbu ijro hujjatlarining 2 732 tasi, yaʼni 48,1 mlrd. so‘mlik qismi ijrosi taʼminlandi.
Misol uchun, ijro harakatlari davomida Ishtixon tumanida joylashgan “SH.R.G” xususiy korxonasidan Samarqand viloyat soliq boshqarmasi foydasiga 223,3 million so‘m miqdoridagi qarzdorlik undirilishi taʼminlandi.
Shuningdek, amalda 1 900 ta ijro hujjati bo‘yicha 20,7 mlrd. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilib, tabiiy gaz taʼminoti korxonalarining moliyaviy barqarorligini taʼminlashga salmoqli hissa qo‘shildi.


