Samarqand shahar hududida joylashgan 14 ta yirik sport majmualarida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati maʼlumot berdi. [https://telegra.ph/Samar%D2%9Band-viloyati-IIB-ZH%D2%9AB-Uyushgan-zhinoyatchilikka-%D2%9Barshi-kurash-b%D1%9Elimi-%D2%B3amda-DHH-hodimlari-%D2%B3amkorligida-kriminogen-vaziyatga-03-18] > Tadbirlar jarayonlarida 7 ta sport majmuasida yoshlarni sport bilan shug‘ullantirayotgan murabbiylarning sertifikati yo‘qligi, > ro‘yxatga olish tizimi tashkil etilmaganligi, murabbiy va sportchilarning sog‘ligi haqida maʼlumotlar yo‘qligi, > sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi, birinchi yordam va tibbiyot burchagi ham mavjud emasligi aniqlanib, barchasiga > tegishli bayonnomalar tuzildi. > 10 ta sport majmuasida ruxsatnomasiz sotib kelinayotgan 72 kilogramm protein va kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari > hujjatlashtirib olindi. O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida 16 nafar sportchilar IIO xodimlarining xizmat faoliyatiga faol qarshilik qilganligi, shuningdek, kriminogen vaziyatga salbiy taʼsir ko‘rsatayotganligi uchun qonunda belgilangan tartibda qamoqqa olindi. Sport zallari va klublarda aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar ularning faoliyati to‘xtatildi. Кlub egalari bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, jinoyat sodir etmaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.