Ijtimoiy tarmoqda Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumani hokimi Dilshod Shakarboyevning qurilish bo‘yicha o‘rinbosari va xodimlarini haqorat qilgani eshitilgan audio tarqalgandi. Viloyat hokimligi axborot xizmati holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, viloyat hokimining tegishli farmoyishi bilan unga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Tuman hokimi avvaliga qurilish ishlari bo‘yicha o‘rinbosarini haqoratlab, quruvchi topolmayotganini aytadi. Shuningdek, o‘rinbosarini noinsof deb, tilga olib bo‘lmas so‘zlar bilan haqoratlaydi.


