1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar ustiga beton plita tushib ketdi

Hodisa tadbir o‘tkazilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida talabalar ustiga beton plita tushib ketdi

Bugun, 4 sentabr kuni Samarqand davlat universiteti Kattaqo‘rg‘on filialida faollar zalida o‘tkazilayotgan tadbir vaqtida binoning beton plitasi talabalar ustida qulab tushgan.

Holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.  

“Samarqand Davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali binosidagi (sobiq litsey binosi) faollar zali shiftidagi beton plita nomaʼlum sabablarga ko‘ra joyidan siljib pastga tushgan. Voqea sodir bo‘lgan yaʼni, plita tushgan joyda talabalar bo‘lmaganligi sababli hech kimga jiddiy zarar yetmagan. Faqat zalning birinchi qatorida o‘tirgan ikki nafar 1-bosqich talabalari yengil jarohat olgan va ayni damda shahar Tibbiyot birlashmasida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Ayni damda ishchi guruh tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish natijasi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, — deyiladi hokimlik munosabatida.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика