1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“Samsung” brendli somsalar sotilmoqda

Mazkur holatga Adliya vazirligi munosabat bildirdi

“Samsung” brendli somsalar sotilmoqda

 

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan  ovqatlanish shohobchasining “Samsa” nomli noodatiy  reklamasi orqali jamoatchilikka noto’g’ri ma’lumot yetkazilyotgani aytilmoqda. Bunga Adliya vazirligi munosabat bildirdi.

 

Xabarda aytilishicha, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan iste’molchilarning asosiy huquqlari tovar  haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish hisoblanadi.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunining 13-moddasiga muvofiq tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati, ishlab chiqaruvchining  kafolat majburiyatlari xususida iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini, nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini takrorlash, reklama materiallaridan yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa ko‘chirish orqali qalbakilashtirish insofsiz raqobat hisoblanadi.

 

Ma’lum bo’lishicha, Samsung kompaniyasi 43-sinf ya’ni umumiy ovqatlanish faoliyatini yuritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida Samsung jamlanma tovar belgisiga muhofaza hujjatini olmagan

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика