1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sarson vazirlik

Turizm ва sport vazirligi yana ikkiga ajratildi.

Sarson vazirlik

 

Bugun, 18-fevral куни Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari — turizm ва madaniy meros vaziri lavozimiga Aziz Abduhakimov nomzodi ko‘rib chiqildi. Yakuniy xulosaga ko‘ra, ushbu lavozimga uning nomzodi maʼqullandi.

 

Shuningdek, majlisda, sportni rivojlantirish vaziri lavozimiga Adham Ikromov nomzodi ham ko‘rib chiqilib, maʼqullandi.

 

Eslatib o‘tamiz, Adham Ikromov ayni paytda Savdo-sanoat palatasi raisi lavozimida ham faoliyat yuritmoqda.

 

2021-yil aprel oyida Jismoniy tarbiya ва sport vazirligi hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Turizm ва sport vazirligi tuzilgan, vazir lavozimiga Aziz Abduhakimov tayinlangandi.

 

Endilikda mazkur vazirlik negizida Turizm ва madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligi tuzilmoqda. Bu o‘zgarish haqida bugunga qadar jamoatchilikka maʼlum qilinmagan.

 

2021-yilga qadar Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti sifatida faoliyat yuritgan tuzilma o‘tgan yili yangi tuzilgan vazirlik tizimiga o‘tkazilib, Madaniy meros agentligi sifatida qayta tashkil etilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика