20 dekabr kuni Turkiston sanʼat saroyi o‘zbek ilm-fanining eng nufuzli insonlarini bir joyga jam qildi. "SCIENSE AND INNOVATION AWARDS 2025" mukofotlash tadbiriga ziyolilar tashrif buyurdi. To‘rt yilda buyon o‘tkazib kelinayotgan mazkur taqdirlash marosimi "SCIENSE AND INNOVATION" xalqaro ilmiy jurnali jamoasi tashabbusi bilan tashkil etildi.
Nufuzli tadbirda ilm-fan va innovatsiyalar rivojiga munosib hissa qo‘shgan eng ilg‘or olimlar va tashkilotlar eʼtirof etildi. Ilmiy bayramni "Science and Innovation" kompaniyasi bosh direktori Rustamov Baxtiyor Normamatovich ochib berdi.

Baxtiyor Rustamov o‘z nutqida ilm-fan taraqqiyotining bugungi jamiyatdagi o‘rni, taʼlim tizimida innovatsion yondashuvlarning ahamiyati hamda olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
O‘zbekistondagi ilm- fan sohalarida yangi yutuqlarni qo‘lga kiritgan olimlar, taʼlim muassasalari va tashkilotlar saralanib, yilning "eng yaxshisi" maqomini qo‘lga kiritdi. Tadbir davomida 10 ta nufuzli nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi va tantanali ravishda taqdirlandi.

YIL OLIMI nominatsiyasiga - Ashurov Ravshan Radjabovich;
Agzamxodjayeva Saida Sabitxanovna,
Pulatova Jamila Shagayratovna;
-YILNING ENG YAXSHI OLIY TAʼLIM MUASSASASI - Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti;
-YILNING ENG YAXSHI NODAVLAT OLIY TAʼLIM MUASSASASI - Sentral Asian University;
-YILNING ENG YAXSHI ILMIY TADQIQOT INSTITUTI - Avtomobil yo‘llari ilmiy tadqiqot instituti;
-YILNING ENG INNOVATSION UNIVERSITETI - Samarqand xalqaro texnologiyalari universiteti;
-YILNING ENG YAXSHI ILMIY NASHRI - Nilufar Abdurahmonova "Kampyuter leksikografiyasi";
-ILM-FAN SOHASIDAGI XIZMATLARI UCHUN - Akdemik Djurayev Risbay Xaydarovich ;
-YILNING ENG YAXSHI TADQIQOT MARKAZI - Raqobat siyosati va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti;
-ILM-FAN HOMIYSI nominatsiyasi esa,-"APEX Insuranse" kompaniyasiga nasib etdi.

Saralash jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilib, komissiya aʼzolari tomonidan nomzodlarning ilmiy salohiyati, kasbiy faoliyati, amaliy natijalari va tanlov mezonlariga muvofiqligi atroflicha baholangan. Yakuniy natijalarga asosida eng munosib deb topilgan ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritib, maxsus statuetkalar, diplomlar va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


