Mashhur amerikalik qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomez bir muddat ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishdan voz kechishga qaror qilganini aytdi.
Yulduzning fikricha, bunga dunyodagi zo‘ravonlik va terror sabab bo‘lgan. U, shuningdek, bolalarni himoya qilishga chaqirdi va bu dahshatni butunlay to‘xtatish muhimligini taʼkidladi.
"Ijtimoiy tarmoqlardan tanaffus qilyapman, chunki dunyoda sodir bo‘layotgan dahshat, nafrat, zo‘ravonlikni ko‘rib yuragim eziladi. Odamlarni qiynoqqa solish va o‘ldirish yoki biron bir guruhga nisbatan nafratlanish dahshatli. Biz barcha odamlarni, ayniqsa, bolalarni himoya qilishimiz va zo‘ravonlikni abadiy to‘xtatishimiz kerak. Agar mening so‘zlarim hamma uchun yetarli bo‘lmasa, kechirasiz. Men dunyoni o‘zgartirmoqchiman"-deb yozadi u.