1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shahrisabz aeroporti 21 yildan so‘ng o‘z faoliyatini tikladi

Aeroport 2003-yilning noyabr oyida yopilgan edi.

Shahrisabz aeroporti 21 yildan so‘ng o‘z faoliyatini tikladi

 

Shahrisabz aeroporti 11-sentabr kuni fuqaro aviatsiyasining parvozlari uchun o‘z faoliyatini tikladi. "Uzbekistan Airports" xabariga ko‘ra, "Silk Avia" aviakompaniyasining Toshkentdan ilk parvozi mahalliy vaqt bilan soat 13:10 da aeroportga borib qo‘ndi. Parvoz vaqti 1 soat 30 daqiqani tashkil etdi.

 

Samolyot suv arkasi bilan, birinchi yo‘lovchilar esa karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda kutib olindi. Aeroportga parvozlar deyarli 21 yildan so‘ng qayta yo‘lga qo‘yilgan. Shahrisabz aeroporti 2003-yilning noyabr oyida yopilgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика