1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev 9-10-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi

Davlat rahbari Dushanbeda o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammiti va MDH yig‘ilishida ishtirok etadi.

Shavkat Mirziyoyev 9-10-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Tojikistonda bo‘ladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2025-yil 9–10-oktabr kunlari Tojikiston Respublikasiga tashrif buyuradi.

 

Mazkur tashrif Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan amalga oshiriladi.

 

Davlatimiz rahbari Dushanbe shahrida o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammit hamda MDH Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etadi.

 

Tadbirlar kun tartibidan siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, energetika va infratuzilma sohalarida qo‘shma loyihalarni ilgari surish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuvni chuqurlashtirish masalalari o‘rin olgan.

 

Sammit doirasida xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash jihatlari ham muhokama etiladi.

 

Tadbirlar yakunida amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator qo‘shma hujjatlar va qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика