Sh.Mirziyoyev SHHT Davlat rahbarlari kengashidagi chiqishida Afg‘oniston muammosiga alohida to‘xtaldi.
Davlatimiz rahbari Afg‘oniston hozirda har qachongidan ham yordamga muhtojligi qayd etildi. O‘zbekiston rahbari ushbu mamlakatni yakka qoldirish maqsadga muvofiq emasligini taʼkidladi.
«Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi va ijtimoiy iqtisodiy tiklanishi yuzasidan harakatlarni muvofiqlashtirish SHHTning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kerak», – degan Prezident.
Davlat rahbari Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha fond tashkil etishni taklif qildi. Uni Termiz shahrida tashkil qilish zarurligi qayd etildi. Bu ushbu shaharda tashkil etilgan transport-logistika xabining zamonaviy infratuzimasidan foydalanish imkonini beradi.
Shu bilan birga Afg‘onistondagi inson huquqlari masalasi muhim ekani aytildi.


