1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev bugun Qatarga boradi

Tashrif dasturiga muvofiq, Oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev bugun Qatarga boradi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning taklifiga binoan 1-2 oktyabr kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi.

 

Tashrif dasturiga muvofiq, Oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi hamda “EKSPO Doxa-2023” – “Yashil sahro, yana-da yaxshi atrof-muhit” xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimida ishtirok etish ko‘zda tutilgan.

 

Bo‘lajak muzokaralarda yetakchilar O‘zbekiston-Qatar hamkorligining holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

 

Davlat tashrifi yakunida turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика