1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkiyaga boradi

Prezident Anqarada navbatdan tashqari sammitda qatnashadi.

Shavkat Mirziyoyev ertaga Turkiyaga boradi

 

Ertaga, 15 mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga boradi.

 

16 mart kuni Anqarada Turkiy davlatlar tashkiloti rahbarlarining «Ofat hamda favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami» mavzusida navbatdan tashqari sammiti bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston yetakchisi mazkur sammitda ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

 

Sammit yaqinda Turkiyada sodir bo‘lgan zilzila tufayli yuzaga kelgan favqulodda holatni muhokama qilish uchun yuqori darajali platforma vazifasini o‘taydi. Unda TDT doirasida tabiiy ofatlarni va favqulodda vaziyatlarni boshqarish va insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashadilar.

 

Sammit doirasida, shuningdek, ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика