Rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 oktyabr kuni Moskva shahridagi Islom Karimov xiyoboniga tashrif buyurdi.
Davlat rahbari mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.


