1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shengen hududiga kirishda yangi tartib joriy qilinmoqda

Bu noqonuniy migratsiyani cheklashga xizmat qiladi.

Shengen hududiga kirishda yangi tartib joriy qilinmoqda

Yevropa Ittifoqi 12 oktyabrdan boshlab Entry/Exit System (EES) — yaʼni “Kirish/chiqish tizimi”ni joriy etadi.

 

Unga ko‘ra, endi YEIga aʼzo bo‘lmagan davlatlar fuqarolari Shengen hududiga kirish yoki chiqishda pasportga muhr olmaydi. Uning o‘rniga yuz tasviri va barmoq izi orqali raqamli qayd qilinadi.

 

Tizim 2026 yilgacha bosqichma-bosqich barcha chegaralarda joriy etiladi. Dastlabki oylarda ayrim punktlarda hali muhr bosish amaliyoti saqlanib qoladi.

 

12 yoshgacha bo‘lgan bolalardan barmoq izi olinmaydi, lekin yuz fotosi qayd etiladi. Yevropa fuqarolari va doimiy yashash ruxsatnomasiga egalik qiluvchilar bundan mustasno.

 

Yevropa Komissiyasiga ko‘ra, yangi tizim chegara xavfsizligini kuchaytirish va noqonuniy migratsiyani cheklashga xizmat qiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика