1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sherzod Shermatovga maslahatchi tayinlandi

Kamola Sobirova O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Shermatovga maslahatchi tayinlandi

 

U AKT vazirligida yoshlar va ayollarni IT sohasiga jalb qilish hamda O‘zbekistonni Mintaqaviy IT-markaziga aylantirish yuzasidan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat olib boradi.

 

Kamola Shavkatovna Sobirova (Rahmonova) 1983 yil 13 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

 

Faoliyatini 2001 yili O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “Yoshlar” kanalida tarjimonlikdan boshlab, turli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda masʼul vazifalarda davom ettirgan. 

 

U rus, ingliz va ispan tillarini biladi. Mehnat faoliyati davomida bir qator xotin-qizlar masalalariga oid ijtimoiy loyihalarga  rahbarlik qilgan. 

 

Qolaversa, Kamola Sobirova mamlakatimizning ziyoli sulola vakilasi. U o‘zbek sheʼriyatining taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk shoirimiz Shavkat Rahmonning farzandidir. Oilali. 4 nafar farzandi bor. 

 

Maʼlumot uchun, vazirlikning Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i – Matbuot kotibi Sherzod Axmatov o‘z lavozimida faoliyatini davom ettiradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика