Shavkat Mirziyoyev ShHT Davlat rahbarlari kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida chiqish qildi.
Prezident ishonchsizlik va qarama-qarshilik kuchaygan paytda qator global muammolarni sanab o‘tdi. Jumladan:
— Iqlim o‘zgarishi;
— Suv va tabiiy resurslar tanqisligi;
— Pandemiya oqibatlari;
— Energetika va oziq-ovqat inqirozlari tobora kuchayib borayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga O‘zbekiston yetakchisi o‘zaro muloqotni saqlab qolish muhimligini taʼkidladi.
“ShHT muloqot imkoniyati mavjudligini isbotladi”, – degan Mirziyoyev.
Prezident ShHT faoliyatini yana-da yaxshilashga qaratilgan bir qator takliflarni berdi:
Birinchidan, ShHT ning bloklardan tashqari maqomini saqlab qolish kerak;
Ikkinchidan, ShHT keng hamkorlikka qaratilgan faoliyatini kengaytirishi lozim;
Uchinchidan, Markaziy Osiyo ShHT makonining yadrosi bo‘lib qolishi kerak;
“Shanhay ruhi” asosida aʼzo davlatlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish taklif qilindi.
Prezident chiqishi davom etmoqda.


