Shimoliy Koreyada shifokorlar mamlakat janubi-g‘arbida o‘tkir ichak kasalligi avj olganini ma’lum qildi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi (KCNA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, “o‘tkir ichak epidemiyasi avj olgani” munosabati bilan respublika rahbari Kim Chen In Janubiy Xvanxe provinsiyasining Xeju shahriga dori-darmon partiyasini yuborgan.
U o‘tkir kasallik yuqtirganlikda shubha qilingan bemorlarga “ehtiyotkorlik bilan karantin choralari” ko‘rilishini va shaharda intensiv dezinfeksiya ishlarini olib borishni buyurdi.
Agentlik kasallikning aniq nomi va kasallanganlar soni haqida ma’lumot bermagan.


