1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Shri-Lankada poyezd fillar podasini urib yubordi

Hodisa oqibatida ikkita fil nobud bo‘lgan.

Shri-Lankada poyezd fillar podasini urib yubordi

Shri-Lanka sharqida neft sisternalarini olib ketayotgan poyezd yovvoyi fillar podasi bilan to‘qnashib ketdi.

 

Hodisa Sharqiy provinsiyadagi Batikaloa-Kolombo yo‘nalishida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv natijasida ikki fil halok bo‘ldi, bir qancha hayvonlar jarohatlandi. Lokomotiv va to‘rtta neft baki relsdan chiqib ketgan, ulardan ikkitasi ag‘darilib ketgan. Poyezdlar harakati to‘xtatildi va avariya oqibatlarini bartaraf etishga bir necha kun kerak bo‘ladi.

 

Shri-Lankada fillar muqaddas hisoblangan va qonun bilan himoyalangan bo‘lsa-da, mamlakatda har yili 200 ga yaqin hayvonlar, asosan, poyezdlar bilan to‘qnashuvlar va o‘z yerlarini hayvonlar hujumidan himoya qilgan fermerlarning o‘ldirishlari natijasida nobud bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика