.
"Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari “rangli inqiloblar”ni qo‘zg‘atishga bo‘lgan tashqi urinishlarga qarshilik ko‘rsatishi, terrorizm va separatizmga mutlaqo murosasiz munosabatda bo‘lishi kerak", — dedi XXR raisi Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida.
“Sinxua” axborot agentligidan iqtibos keltirgan Si Szinpinning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy va Markaziy Osiyoning beshta davlati Global xavfsizlik tashabbusini birgalikda amalga oshirishi kerak.
“Oltilik davlat mintaqa davlatlarining ichki ishlariga tashqi aralashuvga, shuningdek, “rangli inqiloblar”ni qo‘zg‘atishga urinishlarga qatʼiy qarshilik ko‘rsatishi, terrorizm, separatizm va ekstremizm kabi “uch kuch”ga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi kerak”, — dedi Xitoy yetakchisi.


