1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda 122 mln dollarlik avtomobil ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

Yaqinda Qozog‘iston bilan Sirdaryo tumanidagi Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markaziga start berildi.

Sirdaryoda 122 mln dollarlik avtomobil ishlab chiqarish loyihasi yo‘lga qo‘yiladi

 

Sirdaryo viloyatida sanoat salohiyatini oshirish, investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish va aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan yirik loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

 

Xususan, kelasi yilda Sirdaryo tumanida Xitoylik hamkorlar bilan avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha 122 million dollarlik qo‘shma loyiha ishga tushiriladi.

 

Shuningdek, yaqinda tuman hududida Qozog‘iston bilan hamkorlikda Markaziy Osiyo xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ushbu markazda:

 

300 million dollarlik 14 ta sanoat korxonasi 2025-yilning birinchi choragida ish boshlaydi;

 

2026-yilda 720 million dollarlik yana 40 ta yangi loyiha joylashtirilishi rejalashtirilgan.

 

Aholi bandligini oshirish borasidagi tizimli islohotlar natijasida tumanda qisqa vaqt ichida sezilarli natijalar qayd etildi. O‘tgan yili tomorqa yerdan oqilona foydalanish, kichik biznes va servis xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha yangicha tizim aynan Sayxunobod tumanida joriy etilgan edi.

 

Natijada:

 

  • 13 ming xonadonda tomorqalardan foydalanish samaradorligi bir necha barobarga oshdi;
  • 1 836 ta xonadonda 5–6 sotixdan iborat, 622 ta xonadonda 2–3 sotixli issiqxonalar qurildi;
  • Bir yarim yilda 700 ta yangi tadbirkor faoliyatini yo‘lga qo‘ydi;
  • 15 ming ishsiz fuqaroga doimiy daromad manbai yaratildi;
  • 1,5 ming oila kambag‘allikdan chiqdi.

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobodda kechayotgan o‘zgarishlarni yuqori baholab, hududda bunyodkorlik va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshlangan ishlar izchil davom ettirilishini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика