1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi

Hokimlik mansabdorlari 10 ming dollar va 40 million so‘m bilan ushlandi.

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda hokim yordamchisi pora bilan qo‘lga olindi

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan prokuratura va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida korrupsiya holatlari fosh etildi.

 

Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida hokim o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisi fermer xo‘jaligi rahbaridan noqonuniy yo‘l bilan pul mablag‘larini talab qilganlikda gumonlanmoqda.

 

Aniqlanishicha, ular fermer xo‘jaligini kelgusi yil sholi yetishtirish taqsimotiga kiritish, eksport rejasi bajarilganini tasdiqlash va tekshiruvlarda “himoya” qilish evaziga 10 ming AQSh dollari olgan. Keyinchalik yer maydonini davlat zaxirasiga olish bilan tahdid qilib, qo‘shimcha 20 ming dollar talab qilgan.

 

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim o‘rinbosari va uning hamtovog‘i 10 ming dollar olayotgan vaqtida ushlandi. Ularning harakatlariga chek qo‘yilib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llandi.

 

Shuningdek, Navoiy viloyati Karmana tumanida hokim yordamchisi ham pora olayotgan paytda ushlandi.

 

Tergovga ko‘ra, u 2024 yilda boshqa fuqaroga ijaraga berilgan M-37 avtomobil yo‘li bo‘yidagi 12 kv.m yer maydonini boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 100 million so‘m talab qilgan. Davlat xavfsizlik xizmati va Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda u 40 million so‘m olayotganida qo‘lga olingan.

 

Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика