1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda homilador ayolning o‘limida aybdor bo‘lgan shifokor qamaldi

Marhuma shifoxonada 2 soat qarovsiz qolib ketgan.

Sirdaryoda homilador ayolning o‘limida aybdor bo‘lgan shifokor qamaldi

Maʼlum qilinishicha, Sirdaryoda homilador ayol farzandini dunyoga keltirgandan so‘ng, uning ahvoli yomonlashgan. Shifokorlar bemorga eʼtibor qilmagan va oqibatda ayol hayotdan ko‘z yumgan.

 

Sud majlisida marhumaning ukasi opasining o‘limida shifokor va hamshiraning aybdorligini aytib, ularga qonuniy chora ko‘rilishini so‘radi.

 

Ekspertiza xulosasida, ayolning o‘limi o‘tkir qon yo‘qotish oqibatida yuzaga kelganligi, o‘z vaqtida kerakli tibbiy yordam ko‘rsatilishi va asoratlarining oldi olinishi mumkinligi ko‘rsatilgan.

 

Sud hukmiga ko‘ra, akusher-ginekolog JKning 116-moddasi 3 qismi bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 2 yil muddatga muayyan huquqdan, yaʼni har qanday tibbiy muassasalarda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilib, 2 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика