Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi istirohat bog‘ida bir necha yillik daraxtlar tagi betonlab tashlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bunga rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, holat Guliston shahar Ekologiya bo‘limi inspektorlari, Milliy gvardiya hamda IIB xodimlari hamkorligida o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, Guliston shahrida joylashgan istirohat bog‘idagi tamaddixona yonida uch tup daraxtning tag qismi toshlar bilan o‘ralib, betonlab tashlagan.
Daraxtlarning tag qismlari ochilib, holat bartaraf qilingan.


