1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Sirdaryoda YPX xodimi 38 yoshli ayolni urib yubordi

Hodisa oqibatida ayol vafot etdi.

Sirdaryoda YPX xodimi 38 yoshli ayolni urib yubordi

Sirdaryo viloyatida yo‘l-transport hodisasi oqibatida ayol kishi vafot etdi. Hodisa 31-dekabr kuni erta tongda Guliston shahrining “Yangibozor” mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Bu haqda Qalampir.uz ma'lum qildi.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, soat taxminan 06:30 atrofida yo‘lni kesib o‘tayotgan 1987-yilda tug‘ilgan ayol yo‘l-patrul xizmati xodimi boshqaruvidagi avtomobil tomonidan urib yuborilgan. Zarba kuchli bo‘lgani sababli jabrlanuvchi og‘ir tan jarohatlari olgan.

 

Marhuma soat 06:55 da klinik o‘lim holatida tibbiyot muassasasiga olib borilgan. Shifokorlar tomonidan barcha zarur reanimatsion choralar ko‘rilganiga qaramay, soat 07:50 da biologik o‘lim qayd etilgan.

 

Tibbiy xulosaga ko‘ra, jabrlanuvchiga ochiq bosh miya jarohati, miya qon quyilishi gumoni, suyaklar sinishi, ichki qon ketish hamda hayot bilan nomutanosib ko‘plab tan jarohatlari tashxisi qo‘yilgan.

 

Ma’lum qilinishicha, vafot etgan ayol uch nafar farzandning onasi bo‘lgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Bekobod tumanida IIB xodimi urib ketib, uning jasadini Sirdaryo daryosiga tashlab yuborgan. Ayni paytga qadar marhumning jasadi topilgani yo'q.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика