Avvalroq Sitora Turdibekova Parij-2024 Olimpiadasi 1/8 final bosqichida Xitoy Taypeyi vakilasi Lin Yu Tinga qarshi ringga chiqqani, biroq imkoniyatni boy bergani xabar qilingandi.
Shunday bo‘lsada, Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani hokimligi bokschi Sitora Turdibekovani munosib kutib oldi. Tuman hokimi Samandar Astanov bokschini uy bilan taqdirladi.
Sitoraga beriladigan uy tadbirkorlar hisobidan quriladi. Hozirda unga uy uchun sertifikat va esdalik sovg‘alari topshirilgan.


