1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Slovakiyada qunduz qurayotgan to‘g‘on suv ta’minotiga tahdid qilmoqda

To‘g‘on sabab 5 ming kishi suvsiz qolishi mumkin.

Slovakiyada qunduz qurayotgan to‘g‘on suv ta’minotiga tahdid qilmoqda

 

Slovakiyaning Tatra milliy bog‘ida qunduz tomonidan qurilgan to‘g‘on yaqin atrofdagi qishloqlarning suv ta’minotiga jiddiy xavf solmoqda. Qo‘riqxona matbuot xizmatining xabar berishicha, taxminan 5000 kishi ichimlik suvisiz qolish ehtimoliga duch kelgan.

 

Qunduz o‘z inshootini tozalash stansiyasi va suv ta’minoti tizimi o‘rtasidagi oqova suv yo‘liga qurib, oqimni to‘sib qo‘ygan. Mutaxassislar suv oqimini saqlab qolish va qunduzni zarar yetkazmasdan muhofaza qilish maqsadida ekologiya faollari bilan maslahatlashdi. Natijada, drenaj tizimini yaxshilash uchun quvur o‘rnatish va qunduz kemirayotgan daraxtlarni himoya to‘rlari bilan o‘rash bo‘yicha chora-tadbirlar rejalashtirilgan.

 

Slovakiyada qunduzlar muhofaza ostidagi turlar sirasiga kiradi. Shu sababli, mutasaddilar hayvonga zarar yetkazmagan holda muammoni hal qilish yo‘lini izlamoqda. Ekologlarning fikriga ko‘ra, bu kabi holatlar qunduzlarning tabiiy muhitdagi muhim roli va suv ekotizimidagi ta’sirini yana bir bor tasdiqlaydi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика