1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

So‘nggi 5 yilda O‘zbekiston energetikasi keskin rivojlandi

Investitsiyalar 4 barobar oshib, “yashil” energiya ulushi 30 foizga yetdi.

So‘nggi 5 yilda O‘zbekiston energetikasi keskin rivojlandi

 


So‘nggi besh yil ichida O‘zbekiston energetika sohasida tub burilish davrini boshdan kechirdi. Investitsiyalar hajmi 2021-yildagi 2,6 mlrd dollardan 2025-yilda 11 mlrd dollarga yetib, qariyb 4 barobar oshdi. Bu jarayon energetika infratuzilmasini yangilash va barqaror rivojlanishni ta’minlashga xizmat qildi.

 

Bugungi kunda mamlakatdagi jami elektr energiyasi generatsiya quvvatlari 25,8 GVtni tashkil etadi. Shundan 5,6 GVt quyosh va shamol elektr stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Gidroelektr stansiyalar quvvati 2,4 GVt, issiqlik elektr stansiyalari esa 17,8 GVtni tashkil qilib, energetika balansida muhim o‘rin tutmoqda.

 

Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ham barqaror o‘smoqda. Agar 2017-yilda 60 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2025-yil 30-dekabr holatiga bu ko‘rsatkich 86,4 mlrd kVt·soatga yetdi. Natijada ishlab chiqarish hajmi qariyb 40 foizga oshdi.

 

Elektr tarmoqlari infratuzilmasini rivojlantirish borasida ham sezilarli ishlar amalga oshirildi. 1991–2016-yillarda 9 300 km elektr uzatish tarmoqlari va 4 800 ta transformator punkti qurilgan bo‘lsa, 2021–2025-yillarda bu ko‘rsatkich 69 ming km tarmoq va 14 mingta transformator punktiga yetdi. Rejalarga ko‘ra, 2026–2030-yillarda yana 45 ming km elektr uzatish tarmoqlari, 43 ta podstansiya va 9,7 mingta transformator punkti barpo etiladi. Shu bilan birga, 2025-yilda “yashil” energiya ulushi 30 foizga yetdi, 2030-yilga borib esa uni 54 foizga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика